Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Niderlandiyadan Saakashvilining ovozi namunalarini so‘radi
Ukraina Bosh prokuraturasi Niderlandiya huquqni muhofaza qilish organlariga xalqaro-huquqiy murojaatnoma yubordi, unda Gruziya sobiq prezidenti va Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilidan ovozi namunalarini olish so‘ralgan. Bu haqda «Interfaks» xabar qilmoqda.
«Biz necha kun muqaddam biz Hollandiyaga xalqaro-huquqiy murojaatnoma yubordik, uning doirasida Niderlandiya hukumatiga Saakashvilidan ovozi namunalarini olish taklif etilmoqda», - deya aytib o‘tdi Ukraina bosh prokurori o‘rinbosari Yevgeniy Yenin.
Yeninning qo‘shimcha qilishicha, Niderlandiya tomoni bu murojaatni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
Agarda Saakashvili ovozi namunalarini berishdan bosh tortsa, «bu Saakashvilining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekani haqidagi soxta bayonotlarini yana bir bor rad etadi», deya ta'kidlab o‘tgan Yenin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili o‘zini Kiyev aeroportiga olib ketishayotganida otib o‘ldirish bilan tahdid qilishgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:11
Ukrainada saylov masalasi zimdan muhokama qilinmoqda. Zelenskiy yaqqol favorit emas
09:50
Rossiya tinchlik muzokaralarini kechiktirishi mumkin - FT
09:20
Rossiya Ukraina poytaxtiga hujum qildi
20:40 / 05.07.2026