Çorak hisoboti taqdim etilganidan keyin Wal-Mart asosçisi Sem Uolton avlodalarining moliyaviy holati 18 milliard dollarga qiqsardi. Forbes ma'lumotlari şundan dalolat bermoqda. Bu reteyler onlayn-sotuvlarning ösiş körsatkiçlari sekinlaşgani hamda daromadning pasaygani haqida ma'lum qilganidan keyin röy berdi.

Wal-Mart aksiyalari bir neça kun içida 14 foizga pasaygan - 104,72 milliarddan 91,73 milliard dollarga. Bu 2017 yilning sönggi çoragidagi hisobot ma'lumotlari taqdim etilganidan söng qayd etildi. Tahlilçilarning fikriça, bu reteylerga Amazon bilan raqobatlaşiş qiyin keçayotgani bildiradi. 

Wal-Mart'ning 2017 yil törtinçi çoragidagi hisoboti 2016 yilning sönggi çoragidagi hisobotiga taqqoslanganda daromadning 42 foizga - 2,18 milliard dollarga pasayganini köriş mumkin, bu esa tahlilçilar kutganidan past körsatkiç. 

Sem Uoltonning barça farzandlari - Jim, Rom va Elis Uoltonning moliyaviy ahvoli taxminan 5,1 milliard dollarga qisqardi. Ularning kelini - marhum Jon Uoltonning turmuş örtoği Kristi va uning öğli Lukas 1,5 milliard dollar yöqotişdi. Şuningdek Enn Uolton Krenke va Nensi Uolton Lorilar ham bir neça yuz million dollardan mahrum bölişdi.

Şunga qaramay, Uoltonlar yirik çakana savdo biznesi muvaffaqiyati tufayli avvalgidek sayyoraning eng badavlat kişilari qatorida qolişmoqda. Jim va boşqa vorislar umumiy hisobda Wal-Mart aksiyalarining yarmidan kamroğiga egalik qilişadi. Faqatgina oilaning ikki a'zosi - Rob va Jimning öğli Styuart - bugungi kunda direktorlar kengaşi tarkibida bölib, kompaniya boşqaruvida iştirok etişmoqda.