Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik kelin-kuyovning to‘y sovg‘alari orasidan bomba chiqdi
Foto: NDTV
Hindistonda yosh juftlikning to‘y sovg‘alari orasidan bomba chiqdi. NDTV shu haqida xabar berdi.
Manbada ma'lum qilinishicha, voqea Odisha shtatidagi to‘y tantanasidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lgan. Yangi oila vakillari to‘y sovg‘alarini ochib ko‘rishayotganida kutilmaganda sovg‘alarning biri portlab ketdi.
Kuyovning buvisi voqea joyining o‘zidayoq halok bo‘ldi. Yoshlar shifoxonaga yetkazildi. Biroz vaqt o‘tib, kuyovning joni uzildi, kelin esa - shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Politsiya xodimlari kim va nima uchun bombani sovg‘alar orasiga joylaganiga aniqlik kiritishga harakat qilishmoqda, shu bilan birga, portlovchi qurilma turini o‘rganishmoqda.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026