Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov raisligida videoselektor o‘tkaziladi, unda MXX boshliqlari ham ishtirok etadi
Bugun, 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish soat 19:00da boshlanadi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda «Navro‘z» umumxalq bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 fevraldagi PQ-3555-son qarorida belgilangan talablarning bajarilishi bilan bog‘liq tashkiliy masala muhokama qilinadi.
Unda shahar, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, prokurorlar, MXX boshliqlari, IIB, YoXB, DSI, DSENM, SSB, FVB, madaniyat va mudofaa bo‘limlari boshliqlari, Yoshlar ittifoqi, kommunal soha, ta'lim muassasalari rahbarlari, «Mahalla» va «Nuroniy» jamoat fondlari raislari, OAV, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026