Xitoy, Qirğiziston va Özbekiston davlatlar örtasida avtomobilda yuk taşuvlari böyiça jarayonni jadallaştiradi. Rejaga köra, tegişli yönalişlar şu oyda yölga qöyiladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Geng Şuan 23 fevral kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Gen Şuanning ta'kidlaşiça, 2017 yil 30 oktabr - 1 noyabr kunlarida davlatlar Toşkent-Andijon-Öş-Irkeştam-Qoşğar xalqaro yönalişi böylab yuklarni taşiş böyiça sinov jarayonini ötkazdi va ijobiy natijalarni qölga kiritdi.
Şu asosda Xitoy, Qirğiziston va Özbekiston tegişli işlarning rivojini jadallaştirmoqda hamda şu oydayoq yuklarni taşiş böyiça yönalişlarni yölga qöyişni rejalaştirmoqda, deya xabar beradi «Jenmin jibao».

















