O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida monopoliyani to‘xtatish rejalashtirilmoqda. Bu 2017-2021 yillarda mamlakatni besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida nazarda tutilgan.
Davlat dasturining bandlaridan biri sifatida «elektr energiyasini ishlab chiqarish sohasida monopoliyani tugatish, elektr ta'minotida raqobat muhitini shakllantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini ilgari surish» ko‘rsatilgan.
30 iyunga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
«O‘zbekenergo», Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, «O‘zbekneftegaz», «O‘zbekgidroenergo», Milliy energiya tejamkorlik kompaniyasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi mas'ul etib belgilandi, deb yozmoqda Spot.











