Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda «xatarlar tahlili» tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston hukumati tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda «xatarlar tahlili» tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasini e'lon qildi.
Hujjatda aytilishicha, O‘zbekistonning nazorat qiluvchi organlari tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda «xatarlarni tahlil qilish» tizimini joriy etadi.
Tizim tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining turlarini xavf toifalariga taqsimlaydi. Ularning asosida tadbirkorlarni tekshiruvlar jadvaliga kiritish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.
Farmon loyihasida aytilishicha, xatar darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari tekshiruvlardan ozod qilinadi.
Xatar darajasi past bo‘lgan guruhga hisobotini muntazam va ishonchli tarzda taqdim etuvchi, shuningdek, belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab boruvchi tadbirkorlik sub'yektlari kiritilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025