Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda Aliyev prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi
Foto: RIA "Novosti"
Ozarboyjon Markaziy saylov komissiyasi amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyevni navbatdan tashqari prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Saylovlar 11 aprelga belgilangan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Avvalroq Ozarboyjon Markaziy saylov komissiyasi amaldagi prezident va yana 14 kishini nomzodlar sifatida ilgari surilishini tasdiqladi. Aliyev nomzodini “Yangi Ozarboyjon” partiyasi ilgari surdi. Shu bilan birga, qator muxolifat partiyalar, xususan, “Milliy kengash”, “Xalq fronti partiyasi” va “Musavat” saylovlar boykot etilishini ma'lum qildi. Saylovoldi kampaniyasi 19 martda boshlanadi va 10 aprelda yakunlanadi.
Ozarboyjon Markaziy saylov komissiyasining seshanba kungi yig‘ilishida Aliyevni prezidentlik saylovlariga ro‘yxatga olish masalasi ko‘rib chiqildi. Komissiya a'zolari bir ovozdan “ha” deyishgan.
Mavzuga oid
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
13:21 / 09.03.2026
Ozarboyjon Erondan norozi, dronni kim otgan?
15:31 / 06.03.2026
Ozarboyjon Erondagi diplomatlarini evakuatsiya qiladi
22:24 / 05.03.2026