Sport | 12:55 / 27.02.2018
16014
2 daqiqa o‘qiladi

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev proffesional boksda dastlabki janglarini qachon o‘tkazishi ma'lum

Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Murodjon Ahmadaliyev AQShdagi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda uning o‘zi Instagram‘dagi sahifasida ma'lum qilgan.

Xuddi shunday ma'lumotni jahon chempioni va olimpiada o‘yinlari kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov ham yozib qoldirgan. 

Ahmadaliyev va G‘iyosov o‘zining sahifasida bir xildagi matnni yozishgan. Ularning yozishicha, bokschilar professional boksdagi ilk jangini 10 mart kuni o‘tkazadi. Hozircha ularning raqibi kim bo‘lishi borasida aniq ma'lumotlar yo‘q. Sportchilar tez orada bu borada ham xabardor qilishini bildirib o‘tgan.

«10 mart kuni Nyu-Yorkda ilk jangimni o‘tkazaman. Raqibim kim bo‘lishini tez orada ma'lum qilaman. Bitta gapni hozirdanoq aytishim mumkin — biz faqat oltin va g‘alabalar uchun harakat qilamiz», deb yozgan Ahmadaliyev va G‘iyosov.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid