Damaşq yaqinidagi Şarqiy Ğutada 27 fevraldan e'tiboran gumanitar tanaffus amalda böladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu ma'lum qildi.

Bu qaror BMT Xavfsizlik kengaşining Suriyada öt oçişni töxtatiş haqidagi rezolyutsiyasidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin topşiriğiga köra qabul qilindi. Tanaffus har kuni soat 09:00dan soat 14:00ga qadar davom etadi.

Tinç aholi vakillari uçun gumanitar yölak oçiladi, yölak koordinatlari belgilab olingan, bu haqda yaqin vaqt içida ma'lum qilinadi.

Şu bilan birgalikda Şoygu Şarqiy Ğuta yagona ziddiyat öçoği emasligini ta'kidlagan. U AQŞ tomonidan nazorat qilinadigan At-Tanfa va Rukbandagi qoçqinlar lagerlarini keltirib ötgan.

«Şunday gumanitar yölaklar At-Tanfa va Rukbanda ham taşkil etilişi taklif qilinmoqda. Bunday yölaklar orqali tinç aholi vakillari öz uylariga qaytişlari va tinç hayot boşlaşlari mumkin böladi», degan u.

BMT Xavfsizlik kengaşi 24 fevral kuni Suriyada 30 kunlik rejimda öt oçişni töxtatiş haqidagi rezolyutsiya loyihasi böyiça ovoz berdi.

Rezolyutsiya qabul qilingandan 72 soat ötib kuçga kirişi lozim bölgan yaraşuv rejimi IŞID terrorçilik guruhiga qarşi harbiy operatsiyalarga taalluqli bölmaydi.

Hujjat matniga, şuningdek, mojaroning barça tomonlari, jumladan, Suriya hukumatiga xalqaro gumanitar huquq me'yorlariga rioya etiş talablari kiritilgan.