KXDR Pyongchangdagi Paralimpiadaga delegatsiya va sportchilarni yuboradi, deb xabar bermoqda TASS.
Qaror Koreyalar o‘rtasidagi chegarada joylashgan Pxanmunjom chegaraoldi punktida 27 fevral kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida qabul qilindi.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya delegatsiyasidan 150 kishi joy oladi. Sportchilar Janubiy Koreyaga 7 mart kuni yetib keladi.















