24-25 fevral kunlari raketa-taşuvçilarni uçirişga möljallangan, eng katta qanotlar quloçiga ega samolyot Stratolaunch uçiş-qöniş polosasi böylab bir neça marta yurgazib körildi. Bu haqda Stratolaunch Systems jamoasi asosçisi, Microsoft asosçilaridan biri Pol Allen ma'lum qildi.
Samolyot polosa böylab bir neça marta yurgazib körildi. Bu prototipning dvigateli va boşqa tizimlari işlaşini tekşirib köriş uçun amalga oşirilgan. Odatda bunday sinovlar samolyotning yerda ötkaziladigan sinovlarining yakunlovçi qismi hisoblanadi. Şundan keyin samolyotni havoga kötarişga tayyorlanadi. Stratolaunch samolyoti raketalarning havodan uçirilişiga möljallangan. Taxmin qilinişiça, samolyot raketa bilan parvoz qiladi va maksimal balandlikda raketa start oladi. Bu raketalarning yuk kötaruvçanligini oşirişda yordam beradi.

Bu sinovlar samolyot uçun birinçisi emas. Bundan avval samolyot oxirigiça yiğilmagan holda sinalgan va şundan keyin hozirgi körinişigaça yiğilgan. Hozirda samolyot aniq qaçon parvoz qilişi noma'lum, biroq rejalarga köra 2019 yilda samolyotdan Pegasus raketasi start oladi.
Aytiş joizki, uşbu samolyotni dunyodagi eng katta samolyot deyiş unça ham töğri emas, biroq u 117,3 metrni taşkil qiluvçi eng katta qanotlar quloçiga ega.
Stratolaunch ikki fyuzelyajli sxema böyiça yaratilgan. Ikkala fyuzelyajining uzunligi 72,5 metrni taşkil qiladi. Samolyot 226,8 tonna oğirlikka ega. Uning maksimal uçiş oğirligi 589,7 tonnani taşkil qiladi. Samolyot parvoz qilişi uçun uzunligi 3,7 kilometrlik polosa zarur.
















