Polşa maxsus xizmatlari mamlakatdagi 578 nafar siyosatçining telefon qönğiroqlarini tinglab kelgani ma’lum böldi. Bunda mamlakat Isroildan xarid qilingan Pegasus josuslik dasturiy ta’minotidan foydalangan.

Rzeczpospolita naşri ma’lumotlariga köra, dasturiy ta’minot dastlab Korruspyaga qarşi kuraşiş markaziy byurosi taşabbusi bilan sotib olingan, ammo keyinçalik olingan ma’lumotlardan Içki xavfsizlik agentligi (IXA), Harbiy kontrrazvedka xizmati (HKX) va politsiya ham foydalanişga ötgan.

Şu bilan birga, IXA va HJX antikorrupsiya byurosiga Pegasus yordamida olingan ma’lumotlardan foydalangani uçun pul tölagan. Harbiy kontrrazvedka ma’lumotlar uçun Korrupsiyaga qarşi kuraşiş markaziy byurosiga har yili qariyb 1 million dollar ötkazib bergan.

Naşrning qayd etişiça, polşalik siyosatçilar töğrisida olingan ma’lumotlarning bir qismi Isroilga topşirilgan ham bölişi mumkin.

2025 yil örtalarida uşbu josuslik dasturiy ta’minotidan foydalanişni tergov qilayotgan davlat komissiyasi faoliyati töxtatilişi mumkin, çunki u bir yil davomida deyarli heç qanday aniq ma’lumotlarni qölga kiritişga muvaffaq bölmagan.

Eslatib ötamiz, 2024 yilning aprelida Ispaniya Oliy sudi Isroilning NSO Group kompaniyasining Pegasus josuslik dasturidan foydalangan holda boş vazir Pedro Sançes va boşqa ispan siyosatçilarining telefonlari buzib kirilgani ehtimoli böyiça tergovni qayta boşlagan edi.