2018 yilgi tinçlik uçun Nobel mukofotiga 329 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda mukofotning topşirilişi uçun mas'ul bölgan Nobel qömitasi saytida ma'lum qilindi.

Qömitada aytilişiça, mukofotga 217 nafar jamoat arbobi va 112 ta taşkilot da'vogarlik qilmoqda. Ötgan yil mukofotga 318 nomzod, jumladan 215 nafar jismoniy şaxs va 103 ta jamoatçilik va xalqaro taşkilot da'vogarlik qilgan. Nobel jamğarmasi qoidalariga köra, nomzodlarning nomlari ma'lum qilinmaydi, çunki bu 50 yil davomida sir saqlanuvçi ma'lumot hisoblanadi.

Nobel qömitasi nomzodlar soni taqdimotidan keyin umumiy röyxat ustida işlaşni davom ettirib, uni qisqartiradi. Natijada kuzga kelib 5-20 ta nomzod qoladi. Mukofot kimga nasib qilişi oktabrda ma'lum böladi. Qömita aynan öşanda Osloda mukofot egalari yoki egasini rasman ma'lum qiladi. Mukofot topşirilişi marosimi dekabrda bölib ötadi.

2017 yilda tinçlik uçun Nobel mukofoti yadroviy qurolni taqiqlaş böyiça kampaniya ICAN’ga topşirilgandi.