Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkdan bo‘lgan uch musulmon qizga 180 ming dollar to‘lab beriladi, ulardan hijobni yechish talab qilingan
Nyu-York ma'muriyati politsiyachilar hijobini majburlab yechishga majbur qilgan uch musulmon qizga 180 ming dollar to‘lab beradi. Bu haqda New York Dialy News xabar qilmoqda.
Hodisalardan biri 2012 yilda yuz bergani aytilmoqda. O‘shanda musulmon qiz maktabda ikki o‘quvchi bilan janjallashib ketgan, u o‘sha o‘quvchilar o‘zi haqida mish-mish tarqatayotgani borasida shubhaga borgan. Yakunda politsiya ularning barchasini qo‘lga oldi.
Huquqni muhofaza qilish organlari ish qo‘zg‘atmadi, biroq qo‘lga olingan qizlarning fotosuratini olgan. Bunga qadar politsiyachilar musulmon qizdan hijobni yechishni talab qildi. Yakunda u politsiyani diniy huquq va erkinlarning buzilishi uchun sudga berdi.
Taxani Abushi ushbu qizning himoyachisiga aylandi, u 2015 va 2016 yilda ham shunga o‘xshash ishlarni yuritgan. Natijada uning barcha uch nafar mijozi 60 ming dollardan tovon puli to‘lab berilishiga erishdi.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
18:35 / 07.10.2025
Eronda ayollarga ro‘mol o‘rash majburiyati bekor qilindi
17:49 / 13.09.2025