Milliy aviakompaniya (MAK) öz loukosteri faoliyatini yölga qöyadi. KUN.UZ muxbiri 28 fevral kuni Xalqaro Press-klubda Turizmni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan tadbirda MAK raisining birinçi örinbosari Umid Husanovning sözlariga asoslanib şu haqida xabar berdi. 

Mutaxassisning sözlariga köra, loukoster «Özbekiston havo yöllari»ning şö'ba korxonasi böladi. Husanovning aytişiça, hozirda milliy aviataşuvçi jahonning ilğor  tajribalarini örganmoqda, jumladan Rossiya Federatsiyasining «Aeroflot» va uning byudjyet aviakompaniyasi hisoblangan «Pobeda» tajribasini. 

MAK vakilining sözlariga köra, byudjyet aviakompaniya faoliyati sayyohlar oqimiga yönaltiriladi va uning asosiy yönalişlari - Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va Misr arab respublikasi bölişi kutilmoqda. 

Umid Husanov - «Özbekiston havo yöllari» MAK boş direktorining birinçi örinbosari

Gazeta.uz'ning yozişiça, ekspert aviareyslar çiptalari narxlari qator omillarga boğliq ekanini alohida qayd etib ötdi. U Toşkent-Moskva reysi çiptasi qiymati 100 dollar atrofida bölişi mumkinligini taxmin qildi (bugungi kunda «Özbekiston havo yöllari»ning «Toşkent—Moskva» yönalişidagi reyslariga çipta narxi 300—350 dollardan boşlanadi).

Bundan taşqari, Umid Husanov yaqinlaşib kelayotgan «Navröz» bayrami munosabati bilan beriladigan 5 kunlik dam oliş kunlari, ya'ni Golden Week'da aviareyslar çiptalari narxiga turiga qarab 5 foizdan 50 foizgaça çegirmalar e'lon qilinişini ma'lum qildi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov özbekistonliklarni «Oltin haftalik» sayohatlarini oldindan rejalaştirişni va bunga ertaroq harakat boşlaşni tavsiya qildi.