24 fevral – 1 mart kunlari Toşkent şahrida Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari işçi guruhlarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şu yilning 24 fevral kuni Farğona şahrida imzolangan Özbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi örtasidagi Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Özbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi qöşma majlisi Bayonnomasi ijrosi doirasida işçi guruhlari tomonidan Özbekiston-Tojikiston Davlat çegarasining ayrim uçastkalari töğrisida Özbekiston va Tojikiston örtasidagi şartnoma loyihasiga ilovalar tayyorlandi.
Uşbu hujjat Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bölajak davlat taşrifi davomida imzolanişi rejalaştirilmoqda.
Özbekiston prezidenti 9-10 mart kunlarida qöşni respublikaga taşrifni amalga oşiradi.

















