Voyaga yetmagan bolalar nega jinoyat sodir etmoqda?
|18:12 / 02.03.201827 78912 min
Foto: FotoliaFoto: Fotolia
Xalqimiz azaldan bolajonlik fazilatini namoyon qilib, farzandni dunyoga keltirişdan tortib, to kamolga yetkazgunga qadar uning ta'minoti, ta'lim-tarbiyasi va bilim olişi, kasb-hunar egallaşiga, umuman, yetuk inson bölib kamol topişiga alohida e'tibor qaratib kelgan.
Milliy qonunçiligimizda bu insonparvar qadriyatlarimiz özining teran ifodasini topgan. Xususan, Asosiy Qonun — Konstitutsiyamiz, Oila kodeksi, "Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida"gi, "Vasiylik va homiylik töğrisida"gi, "Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida"gi qonunlar, Prezidentimizning köplab farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlarida farzandlarimiz, ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarining işonçli himoyasi kafolatlangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbusi bilan bolalar haq-huquqlarini himoya qiliş, ularni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalaş, voyaga yetmagan bolalarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rağbatlantiriş va ularning yuqori darajada ta'lim-tarbiya olişini har tomonlama ta'minlaş borasida izçil hamda tizimli işlar olib borilmoqda.
Bu haqda söz borganda, bugungi kunda maktabgaça ta'lim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarni alohida e'tirof etiş lozim. Zero, keyingi davrda ayni sohaga tatbiq etilayotgan şiddatli yangilanişlar davlatimiz tomonidan bolalarga tuğilganidan boşlab ğamxörlik qilişga yuksak e'tibor qaratilayotganining yana bir yaqqol dalilidir.
Bola dunyoga kelganidan boşlab unga ğamxörlik qiliş, soğlom va töğri tarbiya hamda zamonaviy ta'lim olişini ta'minlaş — jamiyatimiz kelajagi, ertangi kunimiz poydevoridir. Nega deganda, bolalar zilol suvga öxşaydi. Suv qaysiki idişga solinsa, şu idiş şaklini olganidek, bolalar muhit, ota-ona va tarbiyaçilar odob-axloqi va xatti-harakatlarini aynan körganidek qabul qilişi heç kimga sir emas. Zotan, "Quş uyasida körganini qiladi", degan naql bejiz aytilmagan.
Şuning uçun farzand tarbiyasiga ğoyatda mas'uliyat bilan yondaşiş, bunda şaxsiy ibrat juda muhim omil ekanini unutmaslik joiz. Uluğ alloma Abu Homid Ğazzoliy ta'biri bilan aytganda, "Bola tarbiyasi eng muhim işlardandir. Farzand ota-onaga omonat. Bola qalbi pok, nozik, sodda va har qanday naqş va suratdan xoli gavhardir. Unga qanday naqş solinsa, şunga köra şakllanadi, eggan tomonga egiladi."
Alloma yana şuni ta'kidlaydiki, agar bola yaxşilikka örganib, yaxşilik içida voyaga yetsa, dunyo va oxirat saodatini topadi. Agar bola e'tiborsiz taşlab qo‘yilsa, yomonlik içida össa, baxtsizlikka yuz tutadi. Bunda gunoh yuki şu köyga solganlarning, ota-onaning zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
Asrlar oşa bizgaça yetib kelgan ana şu hikmat durdonalari bugun ham bola tarbiyasiga katta ahamiyat berayotgan yurtdoşlarimizning ayni könglidagi gaplardir, desak, aslo mubolağa emas. Çindan ham, farzand tarbiyasida yöl qöyilgan xato, e'tiborsizlik heç qaçon beiz ketmaydi.
Töğri, biron-bir bola "katta bölsam jinoyatçi bölaman", deb niyat qilmaydi, şuningdek, heç qaysi ota-ona farzandining jinoyatçi bölişini istamaydi.
Şunday ekan, bugun voyaga yetmagan bolalarimiz tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning sabablarini qayerdan izlaş kerak?
Tahlillarga köra, ayni paytda bunga sabab bölayotgan bir qator omillar mavjud.
Birinçidan, ayrim ota-onalar farzandi dunyoga kelgaç, arzimagan bahonani rökaç qilib, ajraşib ketadi. Öz navbatida, oila buzilişi bolaga öta salbiy ta'sir körsatib, uning tarbiyasini izdan çiqarib yuborayotganini, afsuski, hayotda uçrayotgan köplab noxuş voqealar tasdiqlab bermoqda.
Konstitutsiyamizning 64-moddasida ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majbur ekani qayd etilgan.
Ammo ajraşib ketgan ayrim ota-onalar farzand tarbiyasida umuman iştirok etmasligi, hatto farzandi moddiy ta'minotini ham ixtiyoriy amalga oşirmayotgani kabi holatlar nihoyatda açinarlidir.
Buni raqamlar misolida köraylik: birgina ötgan yilning özida 3 ming 99 nafar fuqarodan — sudning hal qiluv qarori asosida, 38 mingdan ziyod fuqarodan esa, sud buyruği orqali farzandlari ta'minoti uçun aliment undiriş belgilangan.
Vaholanki, muqaddas Hadisda keltirilganidek, "Kişi öz ahliga mutasaddidir va qöl ostidagilarga mas'uldir. Ayol erining uyida mutasaddidir va u qöl ostidagilarga mas'uldir".
Şunday ekan, har qaysi ota-ona öz farzandlariga nisbatan mutasaddi va mas'ul ekanini unutmasligi şart. Zero, bu farzand kelajagi, uning komil inson bölib voyaga yetişida eng muhim va zarur omildir. Şu bilan birga, bu qonun talabi, ma'naviy burç, muqaddas dinimiz arkonlariga köra ham farzu qarz, demakdir.
Şubhasizki, bunda ota-onalarning özlari kundalik turmuşda, özaro muloqotu muomalalarida va jamiyat hayotiga munosabatlarida farzandlariga hamişa namuna bölişlari lozim. Xususan, ularga yoşlikdan nima yaxşi-yu nima yomon, savob va gunoh nimada ekanligini, şuningdek, odob-axloqqa doir ijobiy fikrlarni örgatib borişlari darkor.
Ikkinçidan, ota-onalarning farzand tarbiyasiga e'tiborsizligi, öz farzandining tarbiyasini birovlarga işonişlari ham salbiy holatlar kelib çiqişiga sabab bölmoqda.
Bugungi kunda ayrim ota-onalar katta orzu-havaslar bilan, ya'ni farzandini yaxşiroq moddiy ta'minlaş, töyini boşqalarnikidan köra dabdabali ötkaziş, sarpolarini bekamu-köst qiliş niyatida bolasini qari ota-onasiga, qarindoşi yoki taniş-biliş, qöni-qöşnisiga taşlab, özlari boşqa yurtga işlab, pul topib keliş uçun ketayotganligi ham bor gap. Lekin ular farzandga ayni tarbiya beriş lozim bölgan vaqtni behuda yöqotayotganini va keyinçalik buning örnini na moddiy ne'mat, na ma'naviy-ma'rifiy saboq bilan qoplab bölmasligini har doim ham anglab yetavermaydilar. Nihoyat tuşunganlarida esa, taassufki, keç böladi.
Bola tarbiyasiga oid risolalardan, mutaxassislar fikri, xalqimiz tajribasidan ham yaxşi ma'lumki, xoh u öğil, xoh qiz bölsin, ayni baloğat yoşiga qadam qöyayotgan bir paytda, ruhşunoslar tili bilan aytganda, "ötiş davri"da bolaning har qanday xatti-harakati va holatlarini, yuriş-turişini jiddiy nazorat qiliş şart. Ayniqsa, bunday paytda farzand tarbiyasini birovlarga işonib bölmaydi.
Qaysidir ota-ona yengil-yelpi havaslar ortidan quvib, xorijga mömay daromad izlab ketdi va hatto birmunça pul topib keldi ham, deylik.
Biroq ularning çuqur öylab qilgan işlari avvalo özlariga qimmatga tuşayotganiga köp bor guvoh bölmoqdamiz. Negaki, ötgan fursat oraliğida qarov va e'tiborsiz qoldirilgan farzandi arjumandning ta'lim-tarbiyasi izdan çiqib ketgan böladi.
Bugungi kunda jinoyat sodir etib, jazo ötayotgan voyaga yetmaganlarning aksariyati, aniqroq aytganda, 70 foizdan köproği ajraşgan yoki boşqa yurtga işlaş uçun oila bağridan uzoq muddat çetga çiqib ketgan ota-ona farzandlari ekani ham uşbu fikr-mulohazalarimizni tasdiqlab turibdi.
Uçinçidan, bu muammoning navbatdagi sabablari — oiladagi özaro munosabatlar töğri yölga qöyilmaganligi, ota-onaning spirtli içimlikka mukkasidan ketganligi, oilada er-xotin va farzandlar örtasida özaro izzat-hurmat yöqolganligi, qisqaça aytganda, oila boşliqlarining özlari birinçi galda tarbiyaga muhtoj ekanida öz aksini topmoqda.
Misol uçun 2017 yilda 1 ming 198 nafar ota va ona otalik hamda onalik huquqidan mahrum etilgan. Qariyb 800 nafar fuqaro, ya'ni ota yoki onaning spirtli içimlik iste'mol qilganligi va boşqa sabablarga köra muomala layoqati çeklangan. Mana şunday taşvişli holatlar ham, aslida, voyaga yetmagan yoşlar kelajagiga raxna solayotganidan köz yumib bölmaydi.
Bu masalada yana bir xatarli holat kuzatiladiki, buni aslo inkor etib bölmaydi. Aytmoqçimizki, bolalarning jinoyat yöliga kirib qolişi sabablari haqida söz borganda, voyaga yetmagan farzandlarimizning ongiga salbiy ta'sir etayotgan turli axborotlar xususida jiddiy öylab ko‘riş taqozo etiladi.
Internetda tarqatilayotgan zöravonlik va fahş manzaralari aks etgan ma'lumotlar yoşlar ongiga kuçli salbiy ta'sir ötkazişi öz-özidan ravşan. Şunday ekan, bolalarni bunday tajovuzlardan juda ehtiyot qilişimiz zarur.
Tabiiyki, voyaga yetmagan yoşlarni jinoyatçilik köçasiga yetaklayotgan barça holat-sabablarning bari ta'lim-tarbiya bilan bevosita va bilvosita boğliq. Maktab, litsey, kollej va oliy öquv yurtlari nafaqat ta'lim, balki tarbiya maskanlari ham hisoblanadi.
Çunki uşbu ma'rifat dargohlarining asosiy vazifasi yoşlarga ta'lim-bilim berişga qaratilgan. Ayni çoğda, atigi bir yoki bir neça öqituvçi köp sonli öquvçi-talabalar tarbiyasi bilan alohida-alohida tartibda şuğullanişining imkoni yöq.
Şuning uçun farzandlarimiz tarbiyasini birgina ta'lim muassasalariga yuklab qöyiş töğri bölmaydi, deb öylaymiz. Albatta, u holda nima qiliş kerak, degan savol tuğiladi. Fikrimizça, yoşlar, xususan, voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan şuğullaniş masalasini jamoatçilik asosida doimiy nazorat qilib boriş lozim.
Ya'ni uşbu masalada mahalla, xotin-qizlar qömitalari, diniy idora vakillari, mehnat faxriylari, ijodkorlar, Yoşlar ittifoqi vakillari, içki işlar, prokuratura, adliya va sud tizimi xodimlari tomonidan barça toifadagi yoşlar bilan, öz-özidan — tegişli örinlarda öğil bolalar bilan alohida, qiz bolalar bilan alohida holda — tizimli, demakki, öquv yili boşida tasdiqlanadigan aniq reja asosida tarbiyaviy işlar olib borilişi yaxşi natija berişi tayin.
Qolaversa, aynan şu masalaga moslab, vasiylik va homiylik organlari xodimlarini yangi yönalişda öqitiş, malakasini oşiriş, kasbga tayyorlaş va ularning iş faoliyati samaradorligini talab darajasida yölga qöyiş katta ahamiyatga ega. Bunda birinçi galda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas'uliyatini oşiriş, notinç-nosoğlom oila farzandlari bilan işlaş masalasini tizimli yölga qo‘yişga e'tibor qaratiş talab etiladi.
Maktab öquv dasturlarini qayta körib çiqib, bolalarning huquqiy savodxonligini oşirişga e'tibor qaratiş — yana bir muhim masala, degan fikrdamiz. Bunda ayni paytdagi huquq asoslari fani darsliklarini sodda, bolalar uçun tuşunarli tilda tayyorlaş, öquv maşğulotlarini yangiça, qiziqarli tarzda taşkil etiş, yuqori sinf öquvçilarini içki işlar, prokuratura va sud faoliyati bilan yaqindan taniştirib boriş kabi dolzarb masalalar uzluksiz yölga qöyilişi maqsadga muvofiqdir.
Öylaymizki, bu kabi amaliy va ta'sirçan çora-tadbirlar voyaga yetmagan bolalarimiz bilan işlaş samaradorligini yanada oşiradi. Bir söz bilan aytganda, farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.