Fevral oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Ganadagi kiçik qişloqda dars beruvçi informatika öqituvçisi Riçard Akotoning suratlari tarqab ketdi. Mahalliy boşlanğiç maktab öquvçilarida kompyuterdan foydalaniş imkoni yöq, şuning uçun afrikalik öqituvçi doskada Microsoft Word nusxasini turli rangdagi bör bilan batafsil çizib körsatgan.

Akotoning Quartz bilan suhbatda ta'kidlaşiça, har bir darsda doskada turli dasturlarni çizadi, bu ularni bolalarga körsatiş uçun qilinadi. Öqituvçining sözlariga köra, u maşhur bölib ketişini kutmagan edi: Feysbuk foydalanuvçilari unga maktab uçun pul va texnika taklif qila boşlaşdi. 27 fevral kuni bu öziga xos harakatga Microsoft ham qöşildi – kompaniya Akotoga kompyuter yuboriş va ta'lim dasturlaridan foydalaniş imkonini taqdim etişga va'da berdi.

Qişloqda tölaqonli ta'lim uçun bitta emas, balki 50 ta kompyuter kerak. Öqituvçi taklifni qabul qildi, biroq Gana qişloğidagi sinfga tölaqonli iş uçun taxminan 50 ta qurilma kerak ekani, bitta kompyuter esa köp narsani özgartirmasligini alohida qayd etib ötdi. Akotoning boş maqsadi – bolalarni informatika böyiça milliy imtihonga tayyorlaş, u yerda badavlat şaharlar va qişloqlardan bölgan bolalar bir xildagi masalani yeçişiga töğri keladi. «Butun umri davomida töxtovsiz ravişda kompyuterdan foydalangan va kompyuter siçqonçasini ilk marta körgan odamni özaro taqqoslaş mumkin emas», - deya ta'kidlab ötdi ganalik.