Prezidentning 27.02.2018 yildagi Xorijdagi davlat mulkidan samarali foydalanişni ta'minlaş çora-tadbirlariga doir PQ–3570-son qarori e'lon qilindi.
 
Hujjat bilan Davlat raqobat qömitasi huzuridagi «Davlat aktivlarini boşqariş markazi» DUKga mamlakatimiz sudlarining qarorlari bilan davlat foydasiga ötkazilgan yoki ixtiyoriy ravişda respublika mulkiga topşirilgan xorijdagi mol-mulk mulkdorlarining huquqlarini Özbekiston nomidan amalga oşiriş vakolati berildi, deb yozadi Norma.uz.
 
Eslatib ötamiz, JPKning 211-moddasiga muvofiq gumon qilinuvçiga, ayblanuvçiga, sudlanuvçiga, mahkumga tegişli bölgan jinoyat qurollari, şuningdek jinoiy yöl bilan orttirilgan pullar va boşqa boyliklar davlat foydasiga ötkaziladi. 
 
Agar mol-mulk jinoyat quroli bölmasa va jinoiy yöllar bilan orttirilmagan bölsa, musodara qiliş jazo çorasi sifatida qöllanilmaydi. 
 
Markazga Adliya vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda Özbekiston sudlarining mol-mulkni davlat foydasiga ötkaziş haqidagi hukmlarini xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga yuboriş topşirildi. Bu bilan hukmlarning ijrosi ta'minlanadi.
 
Hukm ijro qilingandan keyin Davlat raqobat qömitasi, TIV, Moliya vazirligi va Boş prokuratura tomonidan davlat foydasiga ötkazilgan mol-mulkning Özbekiston mulki deb xatlovdan ötkazilişi va rasmiylaştirilişi ta'minlanadi.
 
Keyin Vazirlar Mahkamasi aktivlarning keyingi holati haqidagi qarorni qabul qiladi. Ular sotilişi, Özbekiston davlat organlariga ötkazilişi, ijaraga berilişi yoki işonçli boşqaruvga ötkazilişi mumkin.
 
Qaror qabul qilingunga qadar Markaz quyidagilarga haqli:

• mazkur mol-mulkni muassasalarimiz joylaşgan davlat bilan kelişgan holda uşbu muassasalar ehtiyojlari uçun, şuningdek boşqa davlat organlarining xorijdagi vakolatxonalari ehtiyojlari  uçun ötkaziş;
• 27.02.2018 yildagi PQ-3570-son qaror matnini xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga taqdim etiş;
• mol-mulkni ijaraga va işonçli boşqaruvga beriş;