Sönggi paytda din va vijdon erkinligi muhokama maydonidan tuşmay qoldi. Afsuski, e'tiqod va vijdon işiga çetdan aralaşuvçi kuçlar ayrim vaziyatda bu masalaga atrofliça yondaşmay, xulosa çiqarmoqda.
Kun.uz tahririyatiga yetib kelgan murojaatda aytilişiça, 1993 yildan buyon Özbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va masjidlarda işlab kelgan Hikmatulla Yusupov Xorazm viloyati MXX xodimlari tomonidan e'lon qilingan nohaq ayblovlar bilan sudlangan. Ayni paytda u Toşkent viloyatidagi Zangiota tumanida joylaşgan JIEMda jazo ötab kelmoqda.
Hikmatulla qorining ayoli Mehribon Rahmatullayevaning sözlariga köra, erining aytgan yagona sözi uning boşiga ming savdoni «sotib oldi»: Xorazm viloyati MXXning diniy masalalar böyiça «kuratori» Mahmud Ermetov Hikmatulla qori imomlik qilayotgan masjid hovlisiga mast holda kirib kelganida imom unga tanbeh bergandi. Şundan söng, MXX xodimi kutilmaganda imomga taşlanib, sökingan.
Şundan söng Hikmatulla Yusupov bölib ötgan voqea yuzasidan Xorazm viloyati MXX boşqarmasi Içki xavfsizligi xodimlariga oğzaki şikoyat qildi. Barça ziddiyat şu onda boşlangan.
«Ermetov janoblari yaqin dösti, MXX boşqarmasi Terrorizmga qarşi kuraş bölimining boşliği I.Karimov yordamida javobgarlikdan qutulib qoldi. 2015 yil 15 aprelda esa erimning jiyani Saidumarning Xorazmda uşlangan 4 kg narkotik moddaga aloqadorligi aniqlandi. "SNB" xodimlari uçun qulay fursat kelib, jiyanining ğavğosiga erimni ham aralaştirişga urinişdi», - deydi Mehribon Rahmatullayeva.
Ma'lum qilinişiça, masjid imomi vazifasida işlab kelgan Hikmatulla qori ayol kişiga şilqimlik qilgani uçun MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb, 2015 yil 21 aprel kuni unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan. Bu ham yetmaganidek, öşa yili 6 may kuni Jinoyat işlari böyiça Urganç tuman sudining sudyasi Hayitboyev qarori bilan imom yana 15 sutka qamoq jazosini ötaşga majbur bölgan.
Bu gal u nima sababdan, qanday asos va vaj bilan qamalgani ma'lum emas. Oşkor etilgan bor gapni uning turmuş örtoği Mehribon aytib berdi:
«U kişini qattiq azobda qiynaşdi, aslida qilmagan işlari uçun aybiga iqror bölişini söraşdi. Allohning irodasi bilan 15 sutka çidadilar, ammo noqonuniy ravişda yana 15 sutka davomida qiynoqlar davom etişi uçun yöl oçildi. Şundan söng, ular «iqror» bölişdan özga çorasi qolmaganini bilib, giyohvand moddalarga aloqasi borligini aytgan.
Masalaning boşi töy kunlarimizda boşlangan. Öşanda (2013 yil 21 oktabr kuni) qiz farzandimizni uzatiş uçun taraddud qildik, nikoh oqşomida Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni uyimizga taklif etdik. Bu holat MXX xodimlariga yoqmadi, erimga onda-sonda daşnom beraverişdi»

















