Jahon | 00:10 / 04.03.2018
17110
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada farrosh o‘g‘rini bir chelak suv bilan quvib yubordi (video)

Foto: screenshot

Internetda Braziliyadagi kafelardan birini tunamoqchi bo‘lgan qurollangan erkakning muvaffaqiyatsiz “ovi” videosi paydo bo‘ldi. 

Bosqinchilik vaqtida kafeda ikki xodima bo‘lgan. Ular kafeni tozalayotgan bo‘lganlar. Ayollardan biri rakovinada chelakka suv yig‘ayotganini ko‘rish mumkin.

Jinoyatchi kafega kirib, ayollarga to‘pponchasini o‘qtalaydi. Shunda chelakka suv yig‘ayotgan ayol chelakdagi suvni o‘g‘riga sepib yuboradi. Bunday “iltifot”ni kutmagan o‘g‘ri shoshgancha kafedan qochib qoladi. 

YouTube foydalanuvchilari ayolning bu ishiga tahsinlar aytishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid