«Suriya demokratik kuçlari» (SDF) Suriya şimolidagi Radjo şahri yaqinidagi janglar vaqtida 59 nafar turkiyalik askar halok bölgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda ANF News xabar tarqatmoqda.
Manba ma'lumotiga köra, janglar Beydanli va Hadj-Xalilda, şuningdek Meydanki töğoni yaqinida davom etmoqda.
20 yanvar kuni Turkiya Qurolli kuçlari boş ştabi Suriya şimolidagi Afrin hududidagi kurd harbiy bölinmalariga qarşi «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyot boşlagani haqida e'lon qilgandi. Fevral oyida Suriya hukumati harbiylari ham şahar himoyasi uçun jangga kirişgani ma'lum böldi, ammo suriyalik harbiylar Turkiya zarbalari ostida çekindi.

















