Jahon | 10:28 / 05.03.2018
10339
2 daqiqa o‘qiladi

Oskar-2018: Ilk haykalchalar o‘z egalariga topshirildi 

AQShda 90-marta o‘tayotgan “Oskar” kinomukofotlari taqdimotida ilk haykalchalar o‘z egalariga topshirildi.

“Oskar” mukofoti 24 yo‘nalish bo‘yicha o‘z egalariga topshiriladi. 

“Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol rol” uchun mukofot “Tonya barchaga qarshi” filmida rol ijro etgan aktrisa Ellison Jyenniga topshirildi.

Ushbu yo‘nalishda mukofot uchun, shuningdek, aktrisalar Meri Jyey Blayj ("Madbaund fermasi"), Oktaviya Spenser ("Suv shakli"), Lori Metkalf ("Byord xonim") va Lesli Menvill ("Ko‘rinmas rishta") ham da'vogarlik qilgandilar.

“Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak rol” uchun mukofot “Ebbing chegarasidagi uch bilbord” filmida rol ijro etgan aktyor Sem Rokuellga nasib qildi.

Foto: AP Photo / Chris Pizzello

Ushbu yo‘nalishda mukofot uchun, shuningdek, aktyorlar Uillem Defo va Vudi Xarrelson ("Ebbing chegarasidagi uch bilbord "), Richard Jyenkins ("Suv shakli "), Kristofer Plammer ("Dunyoning barcha pullari") ham da'vogarlik qilgandilar.

Foto: AP Photo / Chris Pizzello

“Koko siri” multfilmi eng yaxshi to‘liq metrajli multfilm yo‘nalishida “Oskar”ga loyiq topildi.

“Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film” yo‘nalishida esa Milliy basketbol uyushmasining 5 karra chempioni Kobi Brayantning  “Qadrdon basketbolchi” filmi haykalcha bilan taqdirlandi. 

Foto: AP Photo / Chris Pizzello

Ryojissyor Brayan Fogelning “Ikar” hujjatli filmi ham “Oskar”siz qolmadi. Ushbu filmda Rossiyadagi doping-mojaro haqida so‘zlangan.

Mavzuga oid