Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi haqida rasmiy ma'lumot berildi

Foto: President.tj
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 2018 yil 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashriflarini osonlashtirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha prezidentlarning Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston - Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 25dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida tijorat shartnomalari va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kooperatsiyaga oid bitimlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ikki mamlakat san'at ustalari ishtirokida konsert tashkil etilishi ham mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifiga tayyorgarlik Imomali Rahmon nazoratiga olingani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik
Jahon | 19:01
-
O‘zbekiston media bozori transformatsiyasi: Ledokol Group’ning 17 yillik faoliyati fonidagi tahlil
O‘zbekiston | 19:00
-
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
Jahon | 18:19
-
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
O‘zbekiston | 18:01
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024