Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilib borilayotgan izohlarni monitoring qilish hamda ularga javob berishni boshladi.
Qayd etilishicha, ish IIBBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi, turli guruhlarda olib borilmoqda. U yerda bosh boshqarma turli holatlar bo‘yicha izohlar, javoblar va tushuntirishlar beryapti.

Eslatib o‘tamiz, bungacha IIBB Facebook’da e'lon qilingan izohlar va videolar asosida Toshkent yo‘llarida tartibsizlik keltirib chiqargan to‘y korteji haydovchilarini ma'muriy javobgarlikka tortgandi.
















