O‘zbekiston | 10:14 / 07.03.2018
49193
2 daqiqa o‘qiladi

Chempion qizga 79 kun ichida ikkita mashina sovg‘a qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 15-16 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan safari davomida  qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga Nexia mashinasini sovg‘a qilgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: UZA

Yil yakunlariga ko‘ra, Zaynab Dayibekova O‘zbekistonda yilning eng yaxshi qilichbozi sifatida e'tirof etildi.
Joriy yilning 22 fevral - 5 mart kunlari Dubayda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchiga "Spark" avtomobili topshirildi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz

Shu tariqa Zaynab Dayibekova oxirgi 79 kun ichida ikkita mashinali bo‘ldi.

"Yaratilgan sharoitlar uchun juda katta rahmat. Eng avvalo, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdan minnatdorman. Ularga bergan va'damga ko‘ra, hali O‘zbekistonga ko‘plab medallar va sovrinlar olib kelishga, davlatimiz bayrog‘ini yanada balandroq ko‘tarishga harakat qilaman. Bizga bildirilayotgan ishonchni, albatta, oqlaymiz. Bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Nasib qilsa, bundan ham katta muvaffaqiyatlarga erishamiz", - dedi Dayibekova.

Mavzuga oid