Rossiyaning Xabarovsk şahri yaqinidagi Beşennaya irmoği uçastkalaridan birida 26 juft inson qöli bölgan qop topildi. Bu haqda «Interfaks» vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma'lum qilmoqda.

«Qöllar sohilböyini tekşiriş vaqtida topildi. Tezkor tadbirlarga qirğoqda inson qöli topilgani haqidagi xabar sabab böldi», - deya aytib ötgan manba.

Şu bilan birga, dvnovosti.ru portali xabariga köra, qöllar yonida bintlar, baxilalar ham bölgan.

«Manba xabariga köra, huquqni muhofaza qiliş organlarida şunday taxmin borki, unga köra inson qöllari tibbiy muassasadan biomaterial utilizatsiyasi natijasida topilgan», - deb yozadi portal.

OAVning manbaga asosan ta'kidlaşiça, tergovçilar qöllar topilgani böyiça suriştiruv işlarini boşlab yuborişgan.