Xitoy: KXDR bo‘yicha “ikki hissa muzlatish” rejasi to‘g‘ri bo‘lgan
Pyongchangdagi qishki Olimpiada-2018 vaqtida Koreya yarim orolidagi vaziyatning yaxshilanishi Rossiya va Xitoy taklif etgan “ikki hissa muzlatish” bo‘yicha reja to‘g‘ri hamda samarali ekanini isbotladi. Bu haqda XXR TIV rahbari Van I ma'lum qildi.
"Shimoliy Koreya qishki Olimpiada vaqtida yadro sinovlarini o‘tkazmadi, AQSh va Janubiy Koreya esa KXDRga qarshi yo‘naltirilgan qo‘shma mashqlarni to‘xtatdi. Bu Xitoyning “ikki hissa muzlatish” to‘g‘risidagi taklifi ushbu muammoni hal etish uchun to‘g‘ri tavsiya bo‘lgani va Pxenyan hamda Seul o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga asoslar yaratganini isbotlaydi", - deya ma'lum qildi Van I.
Uning ta'kidlashicha, Koreya yarim oroli muammosi butun dunyodagi eng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir, hamda “Pyongchangdagi Olimpiada tomonidan taqdim etilgan imkoniyatdan foydalanib, KXDR va Janubiy Koreya o‘zaro aloqalarda muvaffaqiyatga erishdi”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti vakillari bilan muhim kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024