Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telefon orqali suhbatlarni tinglash uchun sanksiya prokuraturadan sudlarga o‘tkaziladi
Telefon orqali suhbatlarni eshitishga sanksiya prokuraturadan sudlarga o‘tkaziladi. Bu «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar» 2018 yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan.
Loyiha bilan tintuv o‘tkazish hamda telefonlar va boshqa qurilmalardan amalga oshiriluvchi suhbatlarni tinglashga sanksiyani (rozilik) prokuratura organlaridan sudlarga o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
Kutilishicha, bu fuqarolarning konstitutsion huquqlari himoyasini yanada kuchaytiradi.
Tegishli qonun loyihasi 20 iyulga qadar tayyorlanadi.
Ijrochilar sifatida Bosh prokuratura, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi, IIV, MXX, Davlat bojxona qo‘mitasi belgilangan, deb yozmoqda Spot.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2000-2017 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta'minlanganlik 14,4 barobarga oshgani xabar qilingandi. 2017 yil yakuniga kelib har 100 ta uy xo‘jaligiga 257 tadan, ya'ni har bir uy xo‘jaligiga 2,6 tadan uyali aloqa telefonlari to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
10:05 / 11.07.2026
Ko‘mir omboridagi yirik talon-torojlik fosh etildi
17:09 / 02.07.2026
Gadjetlar tanangizni siz sezmagan usullarda o‘zgartirmoqda. Buning oldini olish mumkin
19:51 / 30.06.2026