Belgiyada sifatsiz va muddati ötib ketgan göşt mahsuloti bilan boğliq mojaro çiqdi. Mamlakat qişloq xöjaligi vaziri Deni Dyukarm va Oziq-ovqat xavfsizligi federal agentligi (AFSCA) körsatmasiga köra, qiyma işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Veviba kompaniyasining mahsulotlari dökon peştaxtalaridan olindi.

Ma'lum qilinişiça, bu çora Verve şahrida göşt mahsulotini nimtalaş va muzlatiş jarayonida iste'molçilar salomatligiga zarar yetkazuvçi qoidabuzarliklar aniqlanganidan keyin körilgan.

Jumladan, Belgiyada xom holda tanovul qilinadigan “ameriken” farşida işlab çiqariş va odam iste'moli uçun taqiqlangan göşt çiqindilari aniqlangan. Bundan taşqari, kompaniya göştlarning muzlatilişi sanasi haqida notöğri ma'lumotlarni körsatgan.

Sifatsiz qiymani iste'mol qiliş oqibatida iç buzilişi yuz berganlarga zudlik bilan şifokorlarga murojaat qiliş tavsiya qilingan.

Veviba hissasiga Belgiyada işlab çiqariluvçi göşt mahsulotining uçdan biri töğri keladi. Sanitar-epidemiologik talablar buzilgani sababli kompaniyaning litsenziyasi vaqtinçalik qaytarib olingan.

2017 yil iyul-avgustda Belgiya va Yevropa Ittifoqining 24 ta davlatida dökon peştaxtalarida fipronil zararli moddasi bilan zaharlangan tuxum va mahsulotlar paydo bölişi bilan boğliq “tuxum inqirozi” avj olgandi.

Mutaxassislar bu moddani saqlovçi tuxumlarning köp miqdorda iste'mol qilinişi salomatlik uçun xavfli ekanidan ogohlantirişgan. Sifatsiz mahsulot yöq qilinişi oqibatida işlab çiqaruvçilar önlab million yevro zarar körişgan.