Turkiya yetakçisi Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Suriyadagi Afrin markazi örab olingan, Turkiya qöşinlari u yerga istalgan paytda kirişi mumkin.

«Bizning maqsad – Afrin. Hammasi bölib 3171 jangari neytral holatga keltirildi. Afrin markazi örab olingan. Biz markazga istalgan paytda kirişga tayyormiz», - deya prezidentning sözlarini keltirgan Habertürk.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli Suriyaning Afrinida mamlakat qurolli kuçlari tomonidan ötkazilayotgan amaliyot mayga qadar yakunlanişi haqida ma'lum qilgandi.