Hindistonning Indaura şahrida qoplon gavjum köça örtasida erkak kişiga hujum qildi. Megapolis markazida uşbu yirtqiç qanday qilib paydo bölib qolgani noma'lum.
Yirtqiçni mahalliy aholi vakillari körib qolgan, aynan ular tezkor xizmatlarga xabar berişdi. Politsiyaçilar yetib kelganida qoplon qurilayotgan bino içiga kirib olgani aniqlandi. Undan çiqiş joylarini maxsus tör bilan örab olişga töğri keldi, bu hayvonni tutiş uçun kerak edi, deb yozmoqda «Zvezda».
Biroq yirtqiç erkaklardan biriga hujum qilişga ulgurdi hamda uni yerga yiqitgan. Xabar berilişiça, ötkinçi şaxs uşbu «jang»da jabr körmadi. Qoplonni tinçlantiriş uçun maxsus preparatdan foydalanişga töğri keldi. Ta'kidlanişiça, yirtqiçni veterinarlar közdan keçiradi, söng u yovvoyi tabiatga qöyib yuboriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda özini ölganga solgan böri ovçiga taşlangani xabar berilgandi.
















