Namanganda Yoşlar ittifoqi yetakçisi qizlarning römolini yeçtirganiga oid xabar ijtimoiy tarmoqlarda katta munozaralarga sabab böldi. Yoşlar Press-klubida ittifoq vakiliga şu gaplarda neçoğlik haqiqat borligi, Yoşlar ittifoqi bu masalaga qanday qaraşiga doir savol bilan murojaat qilindi. Taşkilotning Facebook sahifasida mavzuga doir video taqdim etildi.
Yoşlar ittifoqi vakilining ma'lum qilişiça, diniy ibodat kiyimlarida jamoatçilik joylarida yuriş mumkin emas, deb qonunlarda berilgan bölsa-da, ular haqida tuşunçalar berilmagan. "Şu normalardan kelib çiqib, har qanday muassasa öz qoidalarini işlab çiqadi. Jumladan, ta'lim muassasasi ham özining kiyiniş odobi, yuriş-turiş odobi kabilarni qabul qiladi.
Siz aytayotgan Namanganda ham ana şunday tartib-qoidalar bölsa kerak, lekin ular uçun ham qaysi kiyim - diniy libos, qaysi kiyim - ibodat libosi mavhum bölib qolgan bölsa kerak.
Yoşlar ittifoqining har qanday ta'lim muassasasida özining boşlanğiç taşkiloti bor, bugunga kelib ularning soni 21 mingtani taşkil etadi. Namangan viloyatidagi holatga keladigan bölsak, biz uni çuqur örgandik: yetakçimiz xato qilgan - u özining Yoşlar ittifoqida belgilab berilgan vazifalaridan çetga çiqqani oydinlaşdi va unga nisbatan tegişli çora körildi. 21 mingta taşkilot vakillariga ham bunday vakolat berilmagan, ularning vazifalari boşqaça - ular yoşlarning orzu-istaklarini röyobga çiqarişga kömaklaşişi kerak", - dedi taşkilot vakili.
Yoşlar Press-klubida "Özbekiston Yoşlar ittifoqi vakillarining vazifasi römol yeçişimi?", degan savolga "Aslo, yöq" javobi berildi.

















