Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat taşrifi davomida ötkazilgan samarali muzokaralardan söng Duşanbe şahrining “Köhi Borbad” san'at saroyida Özbekiston va Tojikiston san'at ustalari iştirokida konsert bölib ötdi, deb yozmoqda Özbekiston Respublikasi prezidentining rasmiy sayti.
Tadbirda Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Imomali Rahmon iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida xalqlarimiz döstligining şonli an'analari bugun suv va havodek zarurligi, uşbu bebaho merosni asrab-avaylaş va rivojlantiriş kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burçimiz ekanini ta'kidladi.


Biz özbek va tojik xalqlari örtasida döstlik köprigini mustahkamlaş böyiça astoydil harakat boşladik. Niyatimiz yor bölib, ezgu maqsadlarimizga erişamiz, inşoolloh. Biz döstlik va insoniylik nuqtai nazaridan qöşnilarimiz bilan, avvalo, qardoş Tojikiston bilan hamişa döst va birodar, hamkor va hamjihat bölamiz, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Keyingi paytlarda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar izçil rivojlanib bormoqda. Ötgan yili ikki mamlakatda Özbekiston va Tojikiston madaniyati va san'ati kunlari, körgazmalar, ijodiy safarlar va köplab boşqa tadbirlar taşkil etildi. Xalqlarimiz madaniy hayotida muhim voqea bölgan uşbu anjumanlar odamlarga katta quvonç bağişladi.
Tojikistonlik ijodiy jamoalar Samarqandda ötkaziladigan “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivalining doimiy iştirokçilaridir. Özbekiston estradasining taniqli namoyandalari va Toşkent sirki ijodkorlari gastrollari bilan tojikistonlik san'at muxlislarini xuşnud etib kelmoqda.
Bu galgi konsert ham Özbekiston va Tojikiston xalqlari örtasidagi madaniy yaqinlik, döstlik va yaxşi qöşnilik munosabatlarining navbatdagi namoyişi böldi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat taşrifi davom etmoqda.


















