AQŞning Massaçusets texnologik instituti talabasi Ben Kats dasturçi Jyered Di Karlo bilan hamkorlikda yaratgan robot Rubik kubigini 0,38 soniyada yiğa oldi va bu rekord natija böldi.

Avvalgi jahon rekordi 0,637 soniyani taşkil qilgan va nemis Albert Ber tomonidan yaratilgan Sub1 Reloaded robotiga tegişli bölgan.

Robot ixtiroçilari uning bunday hayratlanarli natija qayd qilganini robotni yaratişda “eng yaxşi dvigatellar” qöllangani bilan tuşuntirişmoqda. Robot boşqotirmani hal qiliş uçun kamera tomondan olingan ma'lumotlarni qabul qilib, ularni yurişlar ketma-ketligiga aylantiruvçi maxsus algoritmni qöllaydi.

“Biz Amazon’da topiş mumkin bölgan eng arzon kubikdan foydalandik, çunki oxir-oqibat natijaga erişiş uçun bunday kubiklardan köpini yöq qilamiz, deb öylagandik. Biroq hammasi 4 ta kubik va yuzlab yeçimlar bilan hal böldi”, deb aytgan Di Karlo.

Ta'kidlaş joizki, tizim dastlab qizil va zarğaldoq rang örtasidagi farqni ajrata olmagan, şu sababli ixtiroçilar zarğaldoq rangli bölaklarni qora rangga böyab çiqişgan.

Insonlar orasida uşbu boşqotirmani hal qiliş böyiça jahon rekordi amerikalik ösmir Patrik Ponsga tegişli. Ösmir 15 yoşida 2017 yilda Virjiniyada ötgan musobaqada boşqotirmani 4,69 soniyada hal qila olgan.