2018 yil 2 mart kuni Yangiyer şahrida mudhiş qotillik röy berdi. Ta'kidlaş joizki, jinoyatda gumon qilinayotganlar qotillikni sodir etganlaridan bir kun ötgaç, jinoyat joyiga qaytib kelişgan va murdani uyi bilan yoqib yuborişga urinişgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xabar bermoqda. Ma'lum bölişiça, 4 mart kuni V.Sapsayning murdasi yaşaş xonasida qotillik belgilari bilan topilgan. Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Qahramon Şerbötayev özining jinoiy şerigi Oleg Boyko bilan birga sodir etganligi aniqlangan.
Jumladan, ular 2018 yil 2 mart kuni soat 22:45 larda V.F.Sapsayning yaşaş xonadonida birgalikda spirtli içimliklarni iste'mol qilişib, özaro kelişmovçilik negizida kelib çiqqan janjal oqibatida fuqaro V.Sapsayning boş qismiga özlari bilan uyidan olib kelgan yoğoç bölagi, keyinçalik şişa idiş bilan ikki marotaba urgan.
Yiqilganidan keyin ustiga çiqib, boş sohasiga qölidagi şişa idiş bilan bir neça marotaba urib tan jarohat yetkazgan. Bu vaqtga kelib, unga jismonan kuçi yetmasligini anglab, jinoiy şerigi O.Boyko V.Sapsayning qarşiligini yengiş maqsadida oyoqlarini uşlab turgan. Q.Şerbötayev öng qöl bilagi bilan böyin qismidan böğib, fuqaro V.Sapsayni qasddan öldirib, söngra çöntagidan 19 ming 600 söm pullarni olib, voqea joyidan yaşirinişgan.
03.03.2018 yilda qotillik izlarini yaşiriş maqsadida marhumning yaşaş xonadoniga soat taxminan 23:00 larda kelişib, uşlagan idiş hamda narsa va buyumlarini yiğib olib, kanalga taşlab yuborib, murdani yoqib yubormoqçi bölişgan. Ammo xonadonni bir qismi yonganidan keyin çiqib ketişgan.
Bu bilan Q.Şerbötayev va O.Boykolar özlarining harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “j”, “i”, “p” bandlari hamda 164-moddasi 3-qismi “v” bandida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.
Şu munosabat bilan 10 mart kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer şahrida viloyat prokurori R.Maşaripov hamda IIB boşliği M.Jörayev şahardagi 4ta sektor rahbarlari, mahalla raislari, uçastka nozirlari, jinoyat sodir qilgan şaxslarning yaqinlari iştirokida tadbir taşkil etildi. Unda Qahramon Şerbötayev va Oleg Boykolarning fukaro V.Sapsayni qasddan öldirganligi yuzasidan JKning 97- moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi tanqidiy muhokama qilindi. Yiğilişda sektor rahbari, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining tuşuntirişlari eşitildi.


















