Çilining “Milliy yangilaniş” partiyasi yetakçisi Sebastyan Pinera 11 mart kuni Çili prezidenti lavozimini bajarişga kirişdi. U 2014 yildan beri mamlakatni boşqargan Mişel Baçelet örnini egalladi.

Inauguratsiya marosimi Çili milliy kongressi binosida bölib ötgan. Baçelet şaxsan özi vorisiga prezident tasmasini topşirgan va 68 yoşli Pinera yangi prezident sifatida qasamyod keltirgan.

Pinera 2017 yil dekabrdagi prezident saylovlarida ğalaba qozongandi. Pinera bu oliy lavozimni ikkinçi marta egallamoqda, u 2010-2014 yillar ham prezidentlik qilgan. Forbes jurnali ma'lumotlariga köra, Pineraning boyligi 2017 yilda 2,7 mlrd dollarni taşkil qilgan.