Yevropa ittifoqi Rossiyaning 150 fuqarosi hamda 38 kompaniyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalarning amal qiliş muddatini yana yarim yilga uzaytirdi. Bu haqda Yevroittifoq kengaşi saytida xabar berildi.

«Kengaş 2018 yilning 12 martida Ukraina hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga tahdid solayotgan harakatlarga nisbatan çeklov çoralarini olti oyga, 2018 yilning 15 sentabriga qadar uzaytirdi», - deyiladi bayonotda.

Aniqlik kiritilişiça, uşbu çoralar YeIga kirişga taqiq hamda aktivlarni muzlatib qöyişni öz içiga oladi.