Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda inson a'zolarini sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy to‘da qo‘lga olindi
Foto: AFP
Misr politsiyachilari Qohirada donorlik a'zolari bilan savdo qiluvchi shifokorlar va vositachilardan iborat guruhni qo‘lga oldilar. Bu haqda “Youm 7” nashri portali ma'lum qildi.
Jinoiy to‘daga 7 kishi kirgan. Politsiyachilarning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, jinoyatchilar kam ta'minlangan, pulga muhtoj odamlar va qochqinlarni o‘z tana a'zolarini sotishga undaganlar. Bunda ular o‘z jabrdiydalarini ular tana a'zolari ko‘chirib o‘tkazilishidan bosh torta olmasliklari yoki politsiyaga murojaat qila olmasliklari uchun moliyaviy hujjatlarni imzolashga majbur qilganlar.
Fevralda ham Misr huquq-tartibot idoralari inson a'zolarini sotuvchi to‘da ushlanganini ma'lum qilgan.
O‘shanda mahalliy OAV ma'lum qilganidek, jinoyatchilar vositachilar orqali pulga muhtoj “donorlar”ni topishgan va ularni 25 ming Misr funtiga (1,4 ming dollar) o‘z buyraklarini sotishga ko‘ndirishgan. So‘ngra “donorlar” Qohiraga olib kelinib, u yerda ijaraga olingan uyda bir necha kun yashab, tahlillar topshirishgan. Bunday “donorlar”ni qo‘lga olingan shifokorlardan biri shaxsiy kabinetida qabul qilgan. So‘ngra donorlar xususiy klinikaga olib borilganlar va u yerda jarroh operatsiya o‘tkazgan.
Jabrdiydalarning aytishlaricha, ularga operatsiyadan keyin 5 ming funt (300 dollar) to‘langan, qolgan pullarni esa navbatdagi donor topilgandan keyingina olish mumkin bo‘lgan. Shu sababli ular yangi “donor”larni topishga majbur qilinganlar, aks holda ular qolgan pulni ololmaganlar.
Mavzuga oid
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026
Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
10:33 / 18.02.2026