AQŞ prezidenti Donald Tramp Singapurning Broadcom işlab çiqaruvçisi tomonidan Amerikaning Qualcomm korporatsiyasini sotib oliş böyiça kelişuvni bloklab qöydi. Bu haqda davlat rahbari farmonida aytiladi.

"Qualcomm’ning uşbu xaridor tomonidan ehtimoliy sotib olinişi taqiqlanadi", - deyiladi Trampning farmonida.

AQŞ prezidentining bildirişiça, Broadcom kelişuv amalga oşirilganidan söng, “AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid soluvçi harakatlarni qilişi mumkin” ekanidan dalolat beruvçi holatlar mavjud.

Bundan taşqari, kelajakda şunday kelişuvlarning barçasi bloklanadi, deyiladi farmonda.