Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda serjantlar tayyorlash maktablari faoliyati tugatildi
Chirchiq, Samarqand, Qarshi, Urganch, Namangan shaharlarida joylashgan Mudofaa vazirligi tizimidagi serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Kun.uz’ga mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2001 yilda tashkil etilgan hamda 3 va 9 oylik o‘quv kurslaridan iborat bo‘lgan serjantlar tayyorlash maktablari faoliyati 26 yo‘nalish bo‘yicha kichik komandirlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan edi.
Qurolli Kuchlarimiz suyanchi va tayanchiga aylangan serjantlar tarkibi endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘rnida tashkil etilgan Samarqand shahridagi kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida tayyorlanadi.
Mazkur ta'lim muassasasida 6 oy davomida 11 yo‘nalish, ya'ni: muhandislik, avtomobil xizmati, radiatsion, kimyoviy va biologik himoya, aloqa, frontorti ta'minoti, zirhli texnikalarga xizmat ko‘rsatish, artilleriya va quruqlikdagi qo‘shinlarning havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, radioelektron razvedka kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Ta'lim yakunida harbiy xizmatchilarga kichik serjant unvoni beriladi.
Markazning 3 oylik qayta tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan harbiy xizmatchilarga esa serjant va katta serjant unvonlari beriladi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026