MXX bo‘yicha farmon, Buyuk Britaniyaning Rossiyaga javobi, to‘rtinchi bor saylangan Merkel va kunning boshqa xabarlari
Yakunlanib borayotgan 14 mart, chorshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.
O‘zbekiston yangiliklari
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmonini imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Milliy xavfsizlik xizmatining vorisi deb tan olinadi.
Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ sifatida belgilangan.
- Qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan yig‘ilish. Bosh vazir o‘rinbosariga hayfsan berildi, 3 kishi ishdan oldindi
- Bosh prokuratura «Rashid Qodirov ishi» doirasida «Infinbank» bilan aloqador xabarlarni rad etdi
- O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida turistik multivizalar joriy etilishi mumkin
- Tojikiston fuqarolari 16 martdan boshlab O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
Iqtisodiyot va moliya xabarlari
- So‘mni olib kirish - olib chiqish tartibi o‘zgardi
- Endi chetga naqd valyuta olib chiqish uchun ruxsatnomani viloyat markazlarida olish mumkin
- Yirik davlat korxonalari sof foydasining 10 foizini innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga sarflaydi
- O‘zbekiston Tojikistonga gazni jahon narxlarida yetkazib beradi
- Yanvar-fevralda turli viloyatlar aholisi xaridlarga qancha sarfladi?
Tahliliy maqola, yangiliklar va reportajlar
- Tanasidan 16 dona igna topilgan bola sog‘ayib uyiga qaytdi
- Namanganda rekord miqdorda sumalak tayyorlanadi
- Haj masalasida shikoyat qilgan murojaatchining muammosi ijobiy hal etildi
- Qashqadaryoda avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi
- Nishon ishi: pasportlar sud tomonidan qaytarib berildi
MDH xabarlari
- Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari ro‘yxatdan o‘tmagan holda 30 kun o‘zaro safarlar uyushtira oladilar
- Qozog‘istonda eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar ma'lum, Ravon uchinchi o‘rinda
- Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlarida multimillionerlar soni jadal o‘sib bormoqda
- Moskvada erkak soxta valyuta ayirboshlash shoxobchasida 1 mln dollaridan ayrildi
- Kreml Rossiya Skripalning zaharlanishiga aloqador ekanini rad etdi
Jahon xabarlari
- Merkel to‘rtinchi marta kanslerga aylandi
- Britaniya Rossiya bilan barcha ikki tomonlama aloqalarni to‘xtatmoqda
- «Oxirigacha yeb qo‘y, Reks» — Tramp Tillersonni eskirgan salatni yeyishga majburlagan
- Stiven Hoking vafot etdi
- Janubiy Koreyada yangi mojaro: yana bir sobiq prezident korrupsiyada ayblanmoqda
- Dunyodagi eng baxtli davlatlar va eng aqlli shahar
Texnologiya va qiziqarli xabarlar
- Apple yangi mahsulotlar taqdimoti sanasini ma'lum qildi
- Google kriptovalyutalar reklamasini taqiqlaydi
- Foto: Lamborghini’dan poyga velosipedi
- Volkswagen afsonaviy “Qo‘ng‘iz” davri tugaganini ma'lum qildi
- Xitoyda stels-samolyotlar uchun yangi superqoplama yaratildi
Sport xabarlari
- «Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinga talabalar yana majburan olib kirilishi kutilmoqda
- Sportchilarni qanday saralash kerak? Olimpiya qo‘mitasi va vazirlikka takliflar
- Joze va g‘amginlik. «MYu» YeChLni tark etdi
- Joze uchun jazo: «MYu»ni ag‘dargan 4 sabab
- Messimi yoki Azar? Kunning eng muhim o‘yini arafasida
Mavzuga oid
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020
Farg‘onada shaharlarga yangi hokimlar, propiska haqda yangi qonun loyihasi, Turkiyada koronavirusga qarshi yangi choralar va kunning boshqa xabarlari
21:19 / 03.04.2020