Amerikalik senator Jon Makkeynning ma'lum qilişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga uyuştirilgan hujum uçun mas'uldir. Şuningdek uning fikriça, Rossiya yetakçisi jahonning istalgan nuqtasida siyosiy qotilliklar taşkillaştirişdan uyalmayapti. Bu haqda Sky News xabar berdi.
«Biz aççiq haqiqatni tan olişimiz kerak: Kreml soyasida böladimi, yoki Angliyadagi tinç qişloqça böladimi, Putin Rossiya davlati tomonidan rejalaştirilgan qotilliklarda iştirok etiş hamda umuman aybi bölmagan guvohlar hayotini xavf ostiga qöyişdan uyalmaydi», - deya ma'lum qildi Makkeyn.
Şuningdek siyosatçining aytişiça, Putin Buyuk Britaniya siyosiy qotilliklar uçun yaxşi joy, deb hisoblamasligi kerak. Uning fikriga köra, agarda bu hodisaga javob qaytarilmasa, unda şunday voqealar «falokatli» böladi.
Makkeyn AQŞ va Britaniyaning barça ittifoqçilarini Rossiyaga qarşi javob çoralari körişga çaqirdi.












