2018 yil Qozoğistonda "Özbekiston yili" deb e'lon qilingan bölsa, 2019 yil Özbekistonda "Qozoğiston yili" deb e'lon qilinişi kutilmoqda. Bu haqida Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 15 mart kungi nutqi davomida ma'lum qildi.
Şuningdek N.Nazarboyev Özbekiston prezidentining mintaqalararo döstlik aloqalarining yaxşilanişiga katta hissa qöşganini alohida ta'kidladi va Şavkat Mirziyoyevni birinçi darajali "Döstlik" ordeni bilan mukofotladi.
"Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mamlakatlari ahilligiga qöşgan hissasi juda katta. U bir yarim yillik prezidentlik faoliyati davrida barça qöşnilar bilan til topişib, barimizni döstlaştirib, bugungi beş davlat rahbarining Ostonaga kelişiga juda katta hissa qöşdi", - deydi u.

Qozoğiston prezidenti fursatdan foydalanib, özbek va qozoq xalqlarini Navröz bayrami bilan çin dildan tabrikladi.
Nazarboyev söz söngida Alişer Navoiy va Abayning döstlik haqidagi hikmatli sözlarini keltirgan holda, Özbekistonda Abay haykali bölgani kabi, Ostonada ham buyuk özbek mutafakkiri Alişer Navoiy haykali örnatilişini ta'kidladi.
















