Zimbabve sobiq prezidenti Robert Mugabening ma'lum qilişiça, harbiy töntariş natijasida hokimiyat tepasidan çetlatilgan. 2017 yilning noyabrida bölib ötgan hodisalardan söng siyosatçi bilan uyuştirilgan ilk intervyu Janubiy Afrikaning SABC telekanali tomonidan e'lon qilindi.

Sobiq prezidentning ta'kidlaşiça, «ba'zilar bu harbiy töntariş bölganini tan olgisi kelmayapti», biroq, uning fikriça, Emmerson Mnangagva hokimiyat tepasiga armiya qöllab-quvvatlovisiz kelişi mumkin emasdi.

«Men özim tarbiyalab, hukumatga olib kelgan, dorga osilişi mumkin bölgan paytda hayotini saqlab qolişga şunça harakat qilgan Mnangagva bir kun kelib menga qarşi çiqişini heç qaçon öylab ham körmagandim», - deya Zimbabve sobiq prezidentining sözlarini keltiradi TASS.

Eslatib ötamiz, 93 yoşli Robert Mugabe egallab turgan lavozimini 2017 yilning noyabr oyi oxirida tark etdi. Siyosatçi jinoiy ta'qibdan daxlsizlik evaziga iste'foga çiqişga rozi böldi. Bundan taşqari, Mugabe umrining oxiriga qadar pensiya oladi. Sobiq prezidentga har oyda taxminan 150 ming dollar tölanadi.