Voronejda Özbekiston Respublikasidan bölgan 24 yoşli yigit sud qilinadi. U öta katta miqdorda giyohvand moddani ötkazişga uringan, tintuv çoğida undan bir kilogrammdan ortiq geroin topilgan.

Voronej oblasti prokuraturasi matbuot xizmati xabariga köra, yigit Voronejga 2017 yilning iyunida kelgan. U Özbekistonda öz restoranini oçmoqçi bölgan, biroq kerakli pulni işlab topa olmagan. Şu sababdan Özbekiston fuqarosi geroin sotiş bilan şuğullanuvçi uyuşgan jinoiy guruh a'zosiga aylangan.

Yigit katta miqdorda narkotiklarni olib, ularni öramlarga joylaştirgan va ma'lum bir joylarga yaşirib çiqqan. Aftidan, u Voronejda geroinni ötkaziş böyiça yirik tarmoqni taşkil etmoqçi bölgan, sababi tintuv paytida undan bir kilogrammdan ortiq giyohvand modda topildi.

Ayni damda uşbu holat böyiça jinoiy iş sudga yuborilgan. Özbekistonlik yigit 20 yilgaça bölgan muddatga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.