Xitoyda 2018 yil may oyidan boşlab “ijtimoiy reyting” (social credit) tajribaviy tizimida past reytingga ega fuqarolar bir yilga samolyot va poyezdlarga çipta xarid qiliş imkoniyatdan mahrum etilişlari mumkin. Bu haqda Rivojlaniş va islohotlar milliy komissiyasi bayonotlarida ma'lum qilindi.
Çeklovlar birinçi navbatda “terrorçilik haqida yolğon axborot tarqatgan”, reyslarda muammolar hosil qilgan, muddati ötgan çiptalardan foydalangan yoki poyezdlarda çekayotgan vaqtda uşlangan odamlarga qaratiladi.
“Xitoyning “ijtimoiy reyting” tizimi odamlarni jinoiy xatti-harakat yoki moliyaviy firibgarlik kabilar asosida baholaydi, biroq, şuningdek, odamlar nima xarid qilayotgani, nimalar gapirayotgani va qilayotgani ham hisobga olinadi. Bular asosida xitoyliklarga ularning imkoniyatlariga ta'sir qiluvçi baholar beriladi. Past reyting olganlar çeklovlar va jarimalarga tortiladilar.
Hozirça uşbu tizim 7 million kişini qamrab olgan, biroq 2020 yilgaça Xitoy hukumati bu tizimni butun mamlakatga qöllaşni rejalaştirmoqda. Huquqni himoya qiliş taşkilotlarining fikriça, “ijtimoiy reyting” fuqarolar erkinliklarini çeklaydi va xitoyliklar huquqlarini tartibga solişning noşaffof usuli hisoblanadi.
2017 yilda Xitoy hukumati katta miqdorda qarzga ega odamlarni sayohat qiliş imkonidan mahrum qilgandi.

















