Özbekistonda içki turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan "Özbekiston böylab sayohat qil!" dasturiga start berildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov KUN.UZ'ga şu haqida ma'lum qildi. 

Qömita raisining sözlariga köra, Özbekistonning har bir şahrida örtaça hisobda 100 tadan "Özbekiston böylab sayohat qil!" dasturini tarğib qiluvçi bannerlar joylaştiriladi. 

Masalan, Samarqandda -  Xivaga, Xivada - Samarqandga yoki Toşkentga, vodiyda - Qoraqalpoğistonga yoki Buxoroga sayohat qilişga çorlovçi bannerlar osilmoqda. 

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi
Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi
Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi
Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi
Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

Bannerlar dizayni Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan işlab çiqilgan. 

Bundan avval Özbekistonning Toşkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik şaharlari va viloyatlar markazlarida Qozoğistonga sayohat qilişga çorlovçi bannerlar joylaştirilişi hamda Qozoğistonning yirik şaharlari markazlarida ham Özbekistonga sayohat qilişga undovçi bannerlar joylaştirilayotganiga doir xabar berilgan