Navröz umumxalq bayrami arafasida Uçqörğon tumanida Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi taşabbusi bilan “2018 – Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”ga bağişlab qurilgan öquv sport-texnika klubi binosi foydalanişga topşirildi. Bu haqda “KUN.UZ” tahririyatining Namangandagi muxbiri xabar berdi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi “Avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularni malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 139-sonli qarori ijrosi asosida bunyod qilingan yangi avtomaktab özida innovatsion texnologiyalarni mujassam etgani bilan diqqatga sazovordir.

Avtomaktab tantanali oçilişida sözga çiqqan Özbekiston mudofaasiga kumaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Markaziy kengaşi raisining birinçi örinbosari Nurmuhammad Mullaboyev, Uçqörğon tumani hokimi Azimjon Vahobov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, şoir Ziyoviddin Mansurovlar ösib kelayotgan yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, qurolli kuçlar tizimiga çaqiruvçilarni tayyorlaş, sportning texnik va amaliy tularini rivojlantiriş, xalq xöjaligining turli tarmoqlariga ommaviy kasb xodimlarini tayyorlaş borasida körilayotgan bu kabi çora-tadbirlar öz samarasini berayotganini ta'kidladilar.

“Kelajak zamon savdo” mas'uliyati çeklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan 840 million söm mablağ evaziga qurilgan ikki qavatli muhtaşam binoda avtotransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş uçun zamonaviy anjomlar, öquv dasturlari bilan jihozlandi. Xususan, sönggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari, videoproyektorlar, qulay örindiqlar, elektron va markerli doskalar, “Neksiya” avtoulovining elektrlaştirilgan qirqimli harakatlanuvçi stendi, zamonaviy avtotrenajyorlar, körgazmali pannolar, şuningdek, audio-videokuzatuv moslamalari tinglovçilarga xizmat qiladi.